Toshkentda piyodalar o‘tish joylarida avtomobillar tezligi 30 km/soatgacha pasaytirilishi mumkin

Toshkentda piyodalar o‘tish joylarida avtomobillar tezligi 30 km/soatgacha pasaytirilishi mumkin

Toshkentda ijtimoiy ob’ektlar (maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, institutlar, poliklinikalar) va odamlar ommaviy ravishda to‘planadigan joylar (parklar, savdo-ko‘ngilochar markazlari, bozorlar, teatrlar, stadionlar, konsert zallari, masjidlar, cherkovlar, to‘y tantanalari o‘tkazish joylari, biznes markazlar, supermarketlar) oldidagi yer usti o‘tish joylarida tezlikni

— har bir harakat tomoni uchun 3 va undan ko‘p polosalar bo‘lgan holda 50 km/soatgacha;
— har bir harakat tomoni uchun 1 yoki 2 va undan ko‘p polosalar bo‘lgan holda 30 km/soatgacha pasaytirish taklif qilindi. Bu haqida "7news.uz" xabar berdi.

Shuningdek, hokimli taklifi bilan harakatlanuvchi tomonlarning har biri uchun 2 va undan ortiq miqdordagi polosalar mavjud bo‘lgan barcha yo‘l usti piyodalar o‘tish joylarida sfetoforlarining majburiy ravishda o‘rnatiladi.

Barcha yer usti va yer osti piyodalar o‘tish yo‘llarini eskalator, lift va panduslar borligi jihatidan inventarizasiyadan o‘tkaziladi. Bunda barcha yer usti piyodalar o‘tish yo‘llarida eskalator, panduslar va liftlarning bor bo‘lishi (imkoniyati cheklangan kishilar uchun), barcha yer osti o‘tish yo‘llarida imkoniyati cheklangan kishilar uchun panduslarning mavjud bo‘lishi majburiy talab ekanligini hisobga olinadi.

Barcha piyodalar o‘tish svetofor ob’ektlarini qolgan vaqtni teskarisiga hisoblovchi taymerli svetofor ob’ektlariga bosqichma-bosqich almashtiriladi.

Barcha tonnel, ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich, estakadalar oldida, shuningdek, aylanma harakatlanish joylarida “Dastlabki yo‘nalish ko‘rsatkichlarini” o‘rnatiadi.

Harakat tig‘iz bo‘lgan chorrahalar va uch hamda undan ko‘p harakat polosalariga ega yo‘llarni chekkadagi o‘ng polosadan ikki bosqichda o‘ngga to‘siqlarsiz burilishni ko‘zda tutuvchi belgilar va yo‘l razmetkasi bilan jihozlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!