Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 7 kunga yopiladi

Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 7 kunga yopiladi

Toshkent shahar hokimligi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2024—2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yunusobod tumanining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan (KHAY) o‘tgan 260 metr uzunlikdagi eskirgan issiq suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 7 kunga yopiladi

Shu munosabat bilan, birinchi bosqichida, KHAYning Turkqo‘rg‘on ko‘chasi bilan kesishmasidan Adham Rahmat ko‘chasigacha bo‘lgan harakat yo‘nalishining bir tomoni 19 aprel kunidan boshlab 7 kun muddatga yopiladi.

Harakat yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!