Toshkentda ayol o‘z farzandini vahshiylarcha kaltakladi

Toshkentda ayol o‘z farzandini vahshiylarcha kaltakladi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IBB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat 2022 yilning taxminan avgust oylarida Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan. Unda 1997 yilda tug‘ilgan L.M. yashash xonadonida farzandi 2020 yilda tug‘ilgan R.S.ga qo‘pol munosabatda bo‘lib, jahl ustida urgan.

Ushbu holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 110-moddasi ("qiynash") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

"Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi",- deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!