Rossiya Telegram'dan urush quroli sifatida foydalanmoqda

Rossiya Telegram'dan urush quroli sifatida foydalanmoqda

Ukraina hukumat amaldorlari, harbiy xizmatchilar va boshqa mudofaa va muhim infratuzilma xodimlariga davlat tomonidan chiqarilgan qurilmalarga mashhur Telegram xabar almashish ilovasini o‘rnatishni taqiqladi.

Bu harakat Rossiya bilan urush paytida milliy xavfsizlik uchun zarur deb ta’riflangan.

Ilovadan rasmiy vazifalari doirasida foydalanadigan odamlarga taqiqdan istisno beriladi. Ukrainaliklar esa ilovadan shaxsiy qurilmalarida foydalanishlari mumkin.

Ilova Ukrainada nafaqat matnli xabarlar, balki yangiliklarni, jumladan, Rossiya havo hujumlari haqidagi yangilanishlarni o‘qish uchun ham keng qo‘llaniladi.

Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi payshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Telegram’dan Rossiyaning kiberhujumlari, fishing, zararli dasturlarni tarqatish, foydalanuvchilarning joylashuvini aniqlash va raketa zarbalarini kalibrlash uchun faol foydalanilayotganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!