Rossiya Zelenskiy taklif qilgan ikkinchi tinchlik sammitida qatnashmaydi

 Rossiya Zelenskiy taklif qilgan ikkinchi tinchlik sammitida qatnashmaydi

Rossiya Zelenskiy taklif qilgan ikkinchi tinchlik sammitida qatnashmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik vakillar iyun oyida Shveysariyadagi yig‘ilishning davomi bo‘lgan hech qanday "tinchlik sammiti"da, hatto taklif qilingan taqdirda ham ishtirok etmaydi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya vakillari navbatdagi tinchlik sammitiga taklif etilishini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!