Erondagi konda yirik portlashi sodir bo‘ldi: 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Erondagi konda yirik portlashi sodir bo‘ldi: 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Eron shimoli-sharqidagi Tebes shahridagi ko‘mir konida yuz bergan portlashda halok bo‘lganlar soni 50 kishiga yetdi, kamida 20 kishi jarohat oldi. Bunday ma’lumotlarni Eronning Tasnim agentligi keltirdi.

Qayd etilishicha, shaxtadagi portlash tunnellardan birida metan chiqishi tufayli sodir bo‘lgan. Portlash vaqtida konning B va C bloklarida 69 kishi bo‘lgan. B blokidan 20 nafar konchining jasadi topildi; C blokida ishlagan 30 kishining barchasi halok bo‘ldi. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Avvalroq, Eronning PressTv davlat telekanali shaxtadagi portlash oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgani, yana 17 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. Eron prezidenti Masud Pezeshkian voqea sabablarini tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortishni buyurdi.

Hodisa vaqti shaxtada 69 kishi bo‘lgan. Eron prezidenti qurbonlar oilasiga hamdardlik bildirgan.

Men vazirlar bilan gaplashdim va biz choralar ko‘rish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz, deydi Mas’ud Pezeshkiyon.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!