Hizbullohning javobi: Isroil shaharlari ommaviy o‘qqa tutildi

Hizbullohning javobi: Isroil shaharlari ommaviy o‘qqa tutildi

22 sentyabrga o‘tar kechasi Isroilning o‘nlab shaharlari Livandan ommaviy o‘qqa tutildi, deb xabar bermoqda Isroil OAVlari.

Xususan, Afula, Nazaret, Karmel va Hayfa janubidagi boshqa shaharlar raketa zarbalariga uchradi. Yakshanbaga o‘tar kechasi 70 ta tumanda havo hujumi sirenalari yangradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum «Fajr-5» raketalari yordamida amalga oshirilgan.

Isroil Hizbulloh Ramat Dovud harbiy bazasini nishonga olgan deb hisoblaydi. Bu Afula shahri yaqinidagi Jezril vodiysida joylashgan SAXAL harbiy havo bazasi. Bu Isroil shimolidagi asosiy harbiy bazadir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!