Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston Xitoyga mag‘lub bo‘lib, chempionlik uchun imkoniyatni yo‘qotdi

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston Xitoyga mag‘lub bo‘lib, chempionlik uchun imkoniyatni yo‘qotdi

Budapeshtda o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida 10-tur yakuniga yetdi.

O‘zbekiston erkaklar jamoasi Xitoy vakillariga 1.5-2.5 hisobida imkoniyatni boy berib, so‘nggi tur oldidan 5-o‘ringa tushib ketdi.

O‘zbekiston ayollar jamoasi esa Angliyani 3-1 hisobida mag‘lub etib, 18-pog‘onaga ko‘tarildi.

22 sentyabr kungi so‘nggi turda erkaklar jamoasi Fransiyaga qarshi, ayollar esa Turkiya a’zolari bilan dona surishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!