Evropa Ukrainaga yana kredit beradi

Evropa Ukrainaga yana kredit beradi

Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen juma kuni YEI Ukrainaga 35 milliard yevro (39 milliard dollar)gacha kredit berishini ma’lum qildi.

«Rossiyaning tinimsiz hujumlari Ukrainaga Yevropa Ittifoqining doimiy yordamiga muhtojligini bildiradi. YEI komissiyasi G7 va’dasi doirasida Ukrainaga 35 milliard yevrogacha kredit ajratadi. Bu Yevropa Ittifoqining Ukrainaning tiklanishiga qo‘shgan yana bir katta hissasidir», - dedi fon der Lyayen.

Fon der Lyayenning Kiyevga tashrifi chog‘ida e’lon qilingan kredit G7 davlatlari ishtirokida Rossiyaning qo‘shnisiga bostirib kirgani uchun sanksiya qo‘yish chorasi bo‘lib, Rossiyaning musodara qilingan aktivlari hisobidan mablag‘ yig‘ish bo‘yicha keng ko‘lamli rejaning bir qismidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!