Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan to‘rt kishi qutqarildi

Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan to‘rt kishi qutqarildi

FVV qutqaruvchilari “Katta chimyon” tog‘ida adashib qolgan fuqarolarga yordam berib, ularni pastga olib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 21 sentyabr kuni soat 16:15 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani “Chimyon” mahalla hududidagi “Katta chimyon” tog‘iga to‘rt nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan.

Qayd etilishicha, fuqarolardan hech biri tan jarohati olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!