AQSh Finlyandiyada doimiy harbiy bazalarini o‘rnatish uchun sharoit topa olmayapti

AQSh Finlyandiyada doimiy harbiy bazalarini o‘rnatish uchun sharoit topa olmayapti

Qo‘shma Shtatlar Finlyandiyada doimiy Amerika harbiy bazalarini o‘rnatish uchun sharoit topa olmayapti.

Bu haqda AQShning Finlyandiyadagi elchisi Duglas Xikki “Ilta-Sanomat” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Men Finlyandiyada doimiy Amerika harbiy bazalari paydo bo‘lishi uchun sharoit ko‘rmayapman, ammo qo‘shma mashg‘ulotlar bo‘ladi", dedi u.

Qayd etilishicha, Xikki shu hafta boshida Finlyandiyadagi o‘z lavozimini tark etadi, chunki u Demokratik partiyadan AQSh hukumati oliy lavozimiga nomzod, vise-prezident Kamala Xarrisning saylovoldi tashviqoti bo‘yicha maslahatchisiga aylanadi. U 2022 yil 6 aprelda AQShning Finlyandiyadagi elchisi sifatida qasamyod keltirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!