Buxoroda hokim yordamchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

Buxoroda hokim yordamchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

Buxoro viloyati Romitan tumani hokimining “Iftixor” MFY bo‘yicha yordamchisi Elyor Toshpo‘latov o‘zining boshqaruvidagi “Nexia-2” avtomobilida sodir etgan yo‘l-transport hodisasida 10 yoshli bola vafot etdi.

Mahalliy telegram-kanallardan birida “haydovchi qoidalarni buzgan holda katta tezlikda harakatlangani” aytiladi.

Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hokim yordamchisining xatti-harakatlari kadrlar bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB YHXB tomonidan rasmiy ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!