Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy barcha islomiy mamlakatlarni Isroil bilan siyosiy munosabatlarni cheklashga va u bilan iqtisodiy aloqalarni uzishga chaqirdi. Bu haqda u Tehronda bo‘lib o‘tgan «Islom birligi» xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi. Xomanaiyning so‘zlarini uning matbuot xizmati keltirmoqda.
«Bugun sionistik rejim uyatsiz va ochiqdan-ochiq jinoyatlar sodir etmoqda», dedi Xomanaiy Isroilning G‘azo sektori va G‘arbiy Sohildagi qirg‘ini hamda Livan va Suriyadagi hujumlariga to‘xtalib.
Uning fikricha, Isroil bu jinoyatlarni sodir etishda davom etmoqda, chunki islom jamoasi «ichki kuchidan foydalanmaydi». «Islom olami sionistik rejim bilan siyosiy aloqalarni cheklab qo‘yishi, matbuotda unga nisbatan bosimni kuchaytirishi va mazlum Falastin xalqi tomonida qat’iy ekanini ochiq ko‘rsatishi kerak», - deya qo‘shimcha qildi Xomanaiy.
Birinchi qadam sifatida Eron oliy rahbari islomiy mamlakatlarni Isroil bilan «iqtisodiy aloqalarni butunlay uzishga» chaqirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.