Rossiya TIV Rossiya «tinchlik sammiti»da ishtirok etishdan bosh tortganini yana bir bor tasdiqladi

Rossiya TIV Rossiya «tinchlik sammiti»da ishtirok etishdan bosh tortganini yana bir bor tasdiqladi

«Rossiya vakillari Byurgenstok jarayoni doirasidagi hech qanday uchrashuvda qatnashmagan va qatnashish niyatida ham emas», — dedi Mariya Zaxarova. Rossiya TIV rasmiy vakili Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya Federasiyasi vakillari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ikkinchi «tinchlik sammiti» zarurligi haqidagi so‘zlariga shunday javob berdi. U, jumladan, Ukraina va xalqaro hamjamiyatni «Rossiyaga taslim bo‘lish ultimatumini taqdim etish» niyatida aybladi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yilning noyabriga mo‘ljallangan navbatdagi Global tinchlik sammiti tashkilotchilari Rossiyani taklif qilmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, Zelenskiy sentyabr oyida AQSh prezidenti Jo Bayden bilan Rossiya boshlagan urushni tugatish bo‘yicha «g‘alaba rejasi»ni taqdim etish uchun yangi uchrashuv o‘tkazishini e’lon qildi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hujjat noyabr oyi boshida tayyor bo‘ladi va «Rossiya bilan istalgan formatda muloqot qilish»ning boshlanishi va asosiga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!