Xitoy ma’lumotlarni manipulyasiya qiladi, ammo ishsizlikni yashira olmaydi

A A A
Xitoy ma’lumotlarni manipulyasiya qiladi, ammo ishsizlikni yashira olmaydi


2023 yilda Xitoyda yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi 21,3 foizni tashkil etib, rekord darajaga yetdi. Shundan so‘ng Pekin tegishli ma’lumotlarni nashr etishni to‘xtatdi, Xitoy Milliy statistika byurosi o‘z hisob-kitoblaridan talabalarni chiqarib tashladi va dekabrga kelib mamlakatda yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi deyarli uchdan bir qismga kamaydi.

"Ammo oldingi ma’lumotlarda ham shaharlarda yashovchilarga qaraganda “to‘liq bandlikka erishishda qiyinchiliklarga duch keladigan” millionlab qishloq aholisi hisobga olinmagan edi", — deya ma’lum qildi Global Counsel konsalting kompaniyasi vakili Szyayuy Li.

Xitoy iqtisodiyoti qiymat zanjiri bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilishda davom etar ekan, Pekin global texnologik ustunlikka intilmoqda. Sun’iy intellekt, chip ishlab chiqarish va yashil energiyaga katta sarmoya kiritish Xitoyning G‘arbga texnologik qaramligini kamaytirishga yordam beradi. Biroq sanab o‘tilgan ilg‘or tarmoqlar ko‘p sonli yangi ishchi kuchiga muhtoj emas.

"Hukumat sun’iy intellekt va elektr transport vositalari kabi yuqori o‘sish sur’atlariga e’tibor qaratmoqda, natijada mehnat zichligi pasayib, ish o‘rinlarini yaratish cheklangan", — dedi Li.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!