Eron sharqidagi kon portlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni ortmoqda

Eron sharqidagi kon portlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni ortmoqda

Eron sharqidagi Tabas ko‘mir konida yuz bergan portlash qurbonlari soni 30 kishiga yetdi.

Bu haqda Janubiy Xuroson viloyati inqirozlarni boshqarish departamenti bosh direktori Muhammad Ali Oxundi ma’lum qildi.

"Tabas konidagi avariya natijasida halok bo‘lganlar soni 19 kishidan 30 kishiga ko‘paydi, 17 nafar yarador kasalxonaga yotqizildi", dedi rasmiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, metan chiqishi bir-biridan 2 kilometrga yaqin joylashgan, biroq umumiy elektr ta’minoti va aloqa liniyalariga ega bo‘lgan B va S bloklarida 250 metr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Ali Oxundining qo‘shimcha qilishicha, S blokida gaz konsentrasiyasi yuqoriligicha qolmoqda, bu esa qidiruv-qutqaruv ishlarini qiyinlashtiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!