Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”ga qaramay, Kiyev va G‘arbning g‘alabaga munosabati turlicha bo‘lishi mumkin — The Times

Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”ga qaramay, Kiyev va G‘arbning g‘alabaga munosabati turlicha bo‘lishi mumkin — The Times

Kolumnist Mark Galeottining yozishicha, ittifoqchilar Ukraina Rossiyani haqiqatdan ham o‘z yerlaridan quvib chiqarishi mumkinligiga ishonadimi yoki yo‘qmi, noma’lum. U hozirda Ukraina uchun ikkita asosiy yo‘l bor degan fikrda: yoki Kiyev Rossiyaning bosib olingan hududlarni nazorat qilishiga rozi bo‘ladi yoki urush abadiy mojaroga aylanadi.

"Agar Ukraina har qanday hududiy yo‘qotishlarni inkor etishda davom etsa, bu abadiy urushga aylanadi. Muayyan nuqtadan so‘ng, Ukrainadagi urush mavzusi eskira boshlaydi va urush shafqatsiz janglar, vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish epizodlari o‘rtasida davom etaveradi, ammo u tugamaydi", — deya fikr bildirdi Galeotti.

G‘arb Zelenskiy taqdim etgan rejaning maqsadlaridan biri ittifoqchilarini saqlab qolish, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, muallifning qayd etishicha, "parda ortida"gilar Ukraina masalasidan sezilarli darajada "charchagan" ko‘rinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!