AQShda robot-polisiyachi qurollangan jinoyatchini zararsizlantirdi

AQShda robot-polisiyachi qurollangan jinoyatchini zararsizlantirdi

AQShning Texas shtatida polisiya roboti Lubbock Days Inn mehmonxonadagi xonasida yashiringan jinoyatchini qo‘lga olishda muhim rol o‘ynadi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, avvalroq taqiqlangan moddalar ishlab chiqargani uchun jazo muddatini o‘tagan 39 yoshli Feliks Delarosa polisiyaga qarshilik ko‘rsatish uchun o‘qotar quroldan foydalangan.

Feliks Delarosa taqiqlangan moddalarni ishlab chiqarish va tashiganlik uchun 20 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. 2022 yilda jazo muddatining to‘rtdan bir qismini o‘tab, muddatidan oldin ozodlikka chiqqan, biroq shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish shartlariga ko‘ra, u elektron bilaguzuk taqib, belgilangan hududdan chiqmasligi kerak bo‘lgan.

Delarosa gadjetni yechib, polisiya nazoratidan qochishga uringan. Polisiya uni Texas mehmonxonasida ekanini aniqlagan va hibsga olish uchun robot bilan maxsus polisiya bo‘linmasini yuborgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!