Toshkentda «Aurum 898» tungi klubida o‘ldirilgan sportchi Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha sud boshlandi

Toshkentda «Aurum 898» tungi klubida o‘ldirilgan sportchi Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha sud boshlandi

Toshkentda oradan besh oy o‘tib Aurum 898 tungi klubida o‘ldirilgan sportchi Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha birinchi sud eshituvi boshlandi, deb xabar berdi Repost.

Sudlanuvchilar kursisida tungi klubning to‘rt nafar qo‘riqchisi. Zalda esa Kenjayevning otasi va bevasi , deyiladi xabarda.

2018 yilning 8 avgustidan 9 avgustiga o‘tar kechasi, taxminan, soat 00:25 larda Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoshli Jamshid Kenjayev olamdan o‘tgan edi.

Keyinroq, sportchining o‘limiga tungi klubga o‘zi olib kelgan pichoq sabab bo‘lgani haqida xabar berildi.

Ushbu fojia jamoatchilik tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Sportchi o‘ldirilgan tungi klub yopib qo‘yildi. Keyinroq, Kenjayevning o‘limidan ayblanib, tungi klubning to‘rt nafar qo‘riqchisi qamoqqa olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!