Toshkentda 70 yoshli otaxon nabirasining ko‘z o‘ngida kampiriga 20 marta pichoq urdi

Toshkentda 70 yoshli otaxon nabirasining ko‘z o‘ngida kampiriga 20 marta pichoq urdi

“Jahon.uz”ning internet nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, o‘z xotining qotili bo‘lgan Rahmat To‘ychiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi tartibi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

To‘ychiyev Rahmatga nisbatan 1-10-1907/36-sonli jinoyat ishi ochilib, u ayni odam o‘ldirganlikda aybdor deb topildi.

1950 yil 12 mart kuni Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan Rahmat To‘ychiyevning 4 nafar farzandi bo‘lgan va Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 19-mavze, 13-uydagi xonadonlardan birida ayoli, farzandi, kelini va nabiralari bilan yashab kelgan.

Sudlanuvchi R.To‘ychiyev, 1954 yilda tug‘ilgan, xotini To‘ychiyeva Mavjuda Muhamedjanovna bilan 1974 yilda 30 iyul kuni qonuniy tartibda nikohdan o‘tib, jinoyat sodir etguniga qadar u bilan umumiy ro‘zg‘or asosida Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 19-mavze, 13-uyda yashab kelib, 2019 yil 12 mart kuni ko‘chadan o‘z ishlarini bitirib, taxminan soat 18:00 da uyiga qaytib kelgan vaqtda, mehmonxonada bo‘lgan turmush o‘rtog‘i M.To‘ychiyeva uni sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan gaplarni gapirgan.

R.To‘ychiyevning ta’kidlashicha, turmush o‘rtog‘i M.To‘ychiyeva uni haqorat qilishdan to‘xtamagan, shundan keyin u stol ustida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan M.To‘ychiyevani o‘ta shafqatsizlik bilan, nabirasi I.Z.Z.ni ko‘z o‘ngida uning bosh, bo‘yin, ko‘krak, yuz va boshqa sohalariga oshxona pichog‘i bilan jami 20 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

To‘ychiyev Rahmat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Sud esa To‘ychiyev Rahmatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,j” bandlari bilan JKning 57-moddasini qo‘llab 13 (o‘n uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!