Toshkentda 2 ta sher bolalarini 6 ming dollarga pullayotgan shaxslar qo‘lga tushdi

Toshkentda 2 ta sher bolalarini 6 ming dollarga pullayotgan shaxslar qo‘lga tushdi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yovvoyi hayvonlarning noqonuniy oldi-sotdisi fosh qilindi, deb xabar bermoqda DBQ axborot xizmati.

Fuqarolar N.A., A.Z., R.D. va A.A.lar Lasetti hamda Spark avtomashinalari salonidagi 2 bosh sher bolalarini 6 ming AQSh dollariga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi , deyiladi qo‘mita xabarida.
Ta’kidlanishicha, hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!