Toshkent viloyatida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga qamaldi

Toshkent viloyatida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga qamaldi

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, suvta’minot korxonasi bilan ikki tomonlama shartnoma tuzmasdan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib foydalanganligi uchun Yangiyo‘l tumanida faoliyat yurituvchi “HTB-AS INVEST” MCHJ korxonasiga 294 511 319 (mln) so‘m hisob-kitob aniqlangan.

Ushbu xatti-harakat uchun MCHJ rahbari A.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yil 1 oy muddatta ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, unga JKning 57-moddasi qo‘llanilib, bazaviy hisoblash mikdorining 150 barobar miqdorida, ya’ni 45 million so‘m jarima jazosi tayinlandi.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ istemolchilardan ushbu holatlar takrorlanmasligi uchun ichimlik suvidan qonuniy ravishda foydalanishni hamda ichimlik suv uchun to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishni so‘rab qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!