Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi va ichki ishlar vazirlari hamda razvedka xizmati rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi va ichki ishlar vazirlari hamda razvedka xizmati rahbarini qabul qildi

Bugun, 12 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasining tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuvda, siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama etildi. Xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining joriy yil 6-7 iyun kunlari Turkiyaga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!