Tadbirkorga turar-joy binosini qurish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Tadbirkorga turar-joy binosini qurish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. “X.T.” MCHJ tomonidan Xorazm viloyati Urganch shahrida qurilayotgan sport maktabi binosining yuqori qavatiga turar-joy binosini qurishga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ruxsatnoma olib berishi evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211 moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!