O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda ko‘mirni qayta ishlaydi

O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda ko‘mirni qayta ishlaydi

Rossiya va O‘zbekiston birgalikda O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyiha ishlab chiqmoqda. Investor sifatida Rossiyaning «Inter RAO» kompaniyasi ishtirok etishi mumkin degan Rossiya energetika vaziri Sergey Sivilyov.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizdagi ko‘mir zaxiralari qariyb 2 mlrd tonnani tashkil etadi.

13 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga tanishtirilgan taqdimotda bu yil ko‘mir qazib chiqarish 8 mln tonnaga yetkazilishi aytilgan edi. Shundan 900 ming tonnasi tadbirkorlar tomonidan olinadi.

Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi to‘rtta maydonda geologiya ishlari olib borilmoqda va kelgusi yilda qazib chiqarishga yo‘naltiriladi.

2025 yilda ko‘mir qazib chiqarish hajmini 10 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni O‘zbekistonda AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston Markaziy Osiyo yagona energetik tarmog‘ini «Tizimli operator»ga qo‘shishni ko‘rib chiqmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!