DW: Vengriya o‘z harbiylarini Chadga yuboradi

 DW: Vengriya o‘z harbiylarini Chadga yuboradi

Viktor Orban buni migrasiyaga qarshi kurash siyosati bilan izohladi.

"Afrikadan Yevropaga migrasiyani Sahel mintaqasi davlatlari ishtirokisiz to‘xtatib bo‘lmaydi. shuning uchun ham Vengriya Chad bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda", — deya izoh berdi Vengriya bosh vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya bu mamlakatga o‘z askarlanrini yuborish rejasini amalga oshirishda davom etadi.

"Rossiyaning Chadda ta’siri kuchaymoqda, G‘arb davlatlari qo‘shinlari esa mamlakatdan chiqib ketmoqda. O‘z qo‘shinlarini Chadda joylashtirish orqali Orban ham Putin kabi mintaqadagi iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlamoqda", — deya tushuntirdi ganalik siyosiy tahlilchi Fidel Amake Ovusu DW nashriga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!