Yangi Apple smartfonlarining quvvat olish tezligi 50 foizdan ko‘proqqa oshdi. Bu haqda 9to5Mac nashri xabar berdi .
Xitoy sifat sertifikatlash markazi iPhone 16 seriyali smartfonlarini sinovdan o‘tkazdi va texnik ma’lumotlarni oshkor qildi. Mahalliy regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, barcha yangi Apple qurilmalari modellari 45 vattgacha simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
OAV jurnalistlarining fikricha, bu sezilarli yutuq: iPhone 15 va iPhone 15 Pro modellari sim orqali quvvat olishda maksimal 27-29 vatt quvvatda ishlagan. MagSafe orqali simsiz zaryadlash 15 vatt bilan cheklangan edi.
Mualliflar, shuningdek, Apple o‘z taqdimotlarida odatda smartfon akkumulyatorlarining sig‘imi va simli quvvatlanish tezligi haqidagi texnik ma’lumotlarni oshkor qilmasligini ta’kidladi. Biroq 9 sentyabr kuni kompaniya iPhone 16’ning MagSafe orqali simsiz zaryadlash quvvati 25 vattga yetishi mumkinligini aytdi . Biroq, bu faqat mos keladigan quvvat adapteridan foydalansangiz mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.