Erda magnit bo‘roni boshlandi

Erda magnit bo‘roni boshlandi

Amaliy geofizika instituti olimlari geomagnit faollikning taxminiy oshishini qayd etdi, deb yozadi «TASS» .

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Yerning magnit maydonidagi buzilish darajasi G2 «o‘rtacha» darajasida. Monitoring shkalasida eng yuqori ko‘rsatkich G5 «juda kuchli», eng pasti esa G1 «zaif».

Koinot tadqiqotlari instituti va Quyosh-er fizikasi institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, geomagnit vaziyatning o‘zgarishi Moskva vaqti bilan soat 6:00da boshlangan. Bu vaqtda quyosh shamolining tezligi 350 dan taxminan 450 km / s gacha ko‘tarildi. 530 km / s ga ikkinchi sakrash Moskva vaqti bilan taxminan 12:00 da sodir bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!