Tanzila Narbayeva Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston parlamentlari palatalari rahbarlari bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston parlamentlari palatalari rahbarlari bilan uchrashdi

Markaziy Osiyo davlatlari ikkinchi parlamentlararo forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston parlamentlari palatalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda mintaqamizda qayd etilgan natijalar, shubhasiz, davlatlar rahbarlarining o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlari tufayli ro‘y berayotganini alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, muhokamalar davomida parlamentlararo aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratidan unumli foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bu borada parlamentlararo do‘stlik guruhlari va hamkorlik komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish lozimligi qayd etildi.

Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha huquqiy asoslarni takomillashtirish, mahalliy vakillik organlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!