Toshkent viloyati SSB boshlig‘i: Chirchiqdagi shifoxona COVID-19'ni davolashga ixtisoslashmagan

Toshkent viloyati SSB boshlig‘i: Chirchiqdagi shifoxona COVID-19'ni davolashga ixtisoslashmagan

Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi rahbari o‘z xodimlari nomidan qator e’tirozlar bildirgan. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Kun.uz muhbiri Toshkent viloyati SSB boshlig‘i To‘raqul Arziqulov bilan suhbatlashdi.

Chirchiq shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi Sog‘liqni saqlash vazirligi reestriga asosan karantin ob’ekti, ya’ni koronavirus tasdiqlangan bemorlar uchun emas, birlamchi ular bilan muloqotda bo‘lgan gumondor fuqarolarni saqlab turish ob’ekti etib belgilangan. Agar bu yerda biror fuqaroda COVID-19 aniqlansa, bemor zudlik bilan COVID-19'ga chalingan bemorlar davolanuvchi maxsus shifoxonasiga yetkaziladi. Bu maskan mutlaqo koronavirusni davolash uchun mo‘ljallangan shifoxona emas, - dedi T. Arziqulov.

To‘g‘ri, pandemiya pik davriga chiqqanda juda ko‘p shifoxonalarga koronavirusga shubha qilingan, ammo kasallik rasman tasdiqlanmagan bemorlar yotqizildi. Hatto o‘sha shifoxonalarda kasallik tasdiqlangan bemorlar ham ma’lum muddat qolib ketishdi. Ammo qisqa muddatda bu muammolar bartaraf qilindi, gumondagilar alohida, kasallik tasdiqlanganlar alohida qilib ajratib olindi.

Bu shifoxona xodimlarining prezident qarori bilan belgilangan rag‘batlantirish (shifokorlarga 25 mln, hamshiralarga 15 mln so‘mlik va h.k) mablag‘lari to‘lanmayotgani haqidagi noroziligi asossiz. Chunki bunday to‘lovlar bilan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolaydigan, SSVning koronavirusni davolashga mo‘ljallangan shifoxonalar ro‘yxatida bo‘lgan shifoxonalar xodimlari rag‘batlantiriladi. 

Bunday shifokorlar ro‘yxati har bir hududda shakllantirilgan, ular 14 kun davomida uzluksiz ishlaydilar va faqat aynan COVID-19 kasalligiga qarshi kurashadilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!