Toshkent shahar IIBBda koronavirusga qarshi vaksinasiya boshlandi. Birinchilardan bo‘lib polkovnik Muhiddin Jo‘rayev emlandi

Toshkent shahar IIBBda koronavirusga qarshi vaksinasiya boshlandi. Birinchilardan bo‘lib polkovnik Muhiddin Jo‘rayev emlandi

Toshkent shahar IIBB Tibbiyot bo‘limi shaxsiy tarkibni COVID-19 ga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Bu haqda  Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Vaksinasiya Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaksina yordamida amalga oshirilmoqda. Ushbu vaksina klinik sinovlardan o‘tgan bo‘lib, Respublika virusologiya va immunologiya ilmiy markazi va O‘zbekiston Respublikasi Innovasiyalar markazi tomonidan ma’qullangan.

Birinchilardan bo‘lib vaksinasiyadan Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Muhiddin Jo‘rayev o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!