Toshkent shahar IIBB Murod Xonto‘rayevning qo‘lga olinganini tasdiqladi

Toshkent shahar IIBB Murod Xonto‘rayevning qo‘lga olinganini tasdiqladi

“UzNews.uz” ishonchli manbalariga tayanib yakkakurashlar bo‘yicha mashhur bo‘lgan chempion sportchi Murod Xonto‘ravening qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.

Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi xabariga ko‘ra, haqiqatdan ham Murod Xonto‘rayev qo‘lga olingan.

Murod Xonto‘rayev hamda bir qator shaxslar joriy yilning 20 dan 21 iyunga o‘tar kechasi Yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganlik, tartibsizlik qilgani uchun ushlangan.

Hozirda, Murod Xonto‘rayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uznews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!