Toshkent shahar festivalida eng yaxshi yosh qo‘shiqchilar, raqqoslar va ko‘cha rassomlari aniqlanadi (VIDEO)

Toshkent shahar festivalida eng yaxshi yosh qo‘shiqchilar, raqqoslar va ko‘cha rassomlari aniqlanadi (VIDEO)

21 maydan 25 mayga qadar yoshlar uchun keng miqyosdagi tadbir  Toshkent  Besh  tashabbus  harakati  bo‘lib  o‘tadi  va  uning  doirasida  16  yoshdan  30  yoshgacha  bo‘lgan  yigit-qizlar o‘zlarini Tashkent Voice Fest - vokal ijrochilar tanlovi, Tashkent Dance Fest - raqqoslar tanlovi hamda Street Art – ko‘cha  san’atkorlari  tanlovida  o‘zlarini namoyon etishlari mumkin.

Tadbir tashkilotchisi – poytaxt hokimiyati.

Tashkent Voice Fest

Vokal ijrochilarning katta tanlovi Toshkentning eng yaxshi va iqtidorli qo‘shiqchilarini aniqlab beradi. Tanlov  qatnashchilari  videoarizalar  yordamida  saralab olinadi. Eng yaxshilar jonli eshituvga taklif qilinadi.
Maxsus tuzilgan professional jyuri ijroni uchta mezon bo‘yicha baholaydi: bu vokal ijro mahorati, artistizm va ijroning badiiy ishontiruvchanligi. Qo‘shiqlar istalgan janr va tilda ijro etilishi mumkin.
Hozirga qadar tanlov tashkiliy qo‘mitasiga tadbir saytida mavjud Telegram-bot orqali 100dan ortiq videoarizalar kelib tushgan.
Toshkent  Besh  tashabbus  harakatining  barcha  mehmonlari  katta  sahnada  bo‘lib  o‘tadigan  hayajonli  chorak  final,  yarim  final  va  final  batllari  tomoshabiniga aylanish imkoniyatiga ega.
Tanlovga mashhur jurnalist va prodyuser Nikita Makarenko rahbarlik qiladi.

Tashkent Dance Fest

Raqs tanlovi poytaxtning barcha ko‘zga tashlangan raqqoslarini jamlaydi.
Tomoshabinlar Hip-Hop, Dancehall va Break Dance uslubidagi batllar guvohiga aylanishadi. Ular yakkaxon hamda jamoa tarzida musobaqaga kirishadi.
Tanlov 4 bosqichda o‘tadi: bu onlayn-saralash, raqs asosida saralash, yarim final va final.
Ishtirokchilarni saralashda barcha bosqichlarda jyuri raqqosning musiqaviyligi, raqs ijro etish texnikasi va uslubni bilish darajasini hisobga oladi.
Ro‘yxatga olingan ishtirokchilar soni 50 nafardan oshdi.
Bu tanlovga taniqli xoreograf Sergey Zlotnikov rahbarlik qiladi.

Street Art 

Yosh iqtidorli rassomlar o‘z qobiliyatlarini Street Art  – zamonaviy tasviriy san’at tanlovida namoyish etishi mumkin.

Onlayn  saralashdan  so‘ng  tanlovga  8  kishi  taklif  etiladi  va  ular  tadbir  boshlanishga  qadar  maxsus  devorlarda  o‘z  ijod  namunalarini  yaratishadi.  So‘ng  tomoshabinlar orasida ovoz berish jarayoni o‘tkazilib, uning yakunlariga ko‘ra g‘olib aniqlanadi.

Tanlovda qatnashish uchun o‘z ishlarini 50dan ortiq yosh rassomlar yuborishga ulgurgan.

Street Art - ko‘cha rassomlari tanlovi uchun onlayn-ro‘yxatga olish 10-may sanasida tugaydi.

Vokal ijro va raqs tanlovlari uchun arizalar qabul qilish 15-mayga qadar davom etadi.

16 may kuni jyuri Tashkent Dance Festda qatnashish uchun qatnashchilarni onlayn-arizalar asosida saralab oladi.

Xuddi shu kuni jyuri videoarizalarni ko‘rib chiqadi va Tashkent Voice Fest  saralashining  ikkinchi  bosqichiga  o‘tishi  mumkin  bo‘lgan  vokal  ijrochilarni  tanlaydi.  Jonli eshituv 17 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Tanlovlarga ro‘yxatdan o‘tish tadbirning rasmiy saytida - www.toshkent21.uz hamda Telegram-bot yordamida amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!