Tojikistonda quvvatni oshiruvchi dori vositasini iste’mol qilishga ruxsat beruvchi fatvo e’lon qilindi

Tojikistonda quvvatni oshiruvchi dori vositasini iste’mol qilishga ruxsat beruvchi fatvo e’lon qilindi

Tojikiston islom markazi ulamolar yig‘ini erkaklik quvvatini oshiruvchi dori vositasini iste’mol qilishga ruhsat berish to‘g‘risida fatvo e’lon qildi, deb xabar bermoqda centralasian.org.

Tojikiston Islom markazi fatvo bo‘limi boshlig‘i Abdulvohid Homidov 15 yanvar kuni ma’lum qilishicha, ushbu fatvo fuqaroning quvvatni oshiruvchi mahsulotlarni qabul qilish shariat qonunlariga to‘g‘ri kelish-kelmasligi to‘g‘risida bergan savoli sabab bo‘lgan.

Mutaxassislar qadimiy adabiyotlarni o‘rganib chiqishdi va quyidagi xulosaga kelishdi: bunday dori vositalarini qabul qilish erkakda qandaydir sabab bilan quvvat pasayishi kuzatilgan taqdirdagina ruhsat etiladi , - deydi fatvo bo‘limi rahbari.

ca-news.org


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!