Tojikiston-O‘zbekiston investisiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi

Tojikiston-O‘zbekiston investisiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5242-son, 07.09.2021 y.) qabul qilindi.

📋 Qaror bilan Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 2021 yil 10 iyun kuni O‘zbekiston hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida imzolangan Tojikiston-O‘zbekiston investisiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

🔘 Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

❕Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgach, uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!