Tibbiy niqoblarning xorijga noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Tibbiy niqoblarning xorijga noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan hozirgi sinovli kunlarda ushbu kasallikka qarshi mamlakatimiz aholisi hamjihatlikda harakat qilib, imkon qadar kam talofat bilan uni bartaraf etish uchun kurashmoqda.

Bu maqsadda "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati tashkil etildi. Xorijda og‘ir sharoitda qolayotgan vatandoshlarimiz bosqichma-bosqich yurtimizga olib kelinib, shifokorlar nazoratidan so‘ng, yaqinlari bag‘riga yuborilmoqda.

Ammo, mana shunday vaziyatda ham o‘z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo‘yuvchilar uchrab turgani achinarli hol, albatta.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining bojxona xodimlarini jalb etgan holda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Uzun tumani "Yangiobod" MFYning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududidan o‘tuvchi "Kofirnixon" daryosi qirg‘og‘ida polietilen qoplarga joylashtirilgan 5 turdagi dori vositalari va 15.000 dona tibbiy niqoblar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Shuningdek, tumanning "O‘lanqul" mahallasidagi xonadonlardan birida esa 20.000 dona filtrli tibbiy niqoblar borligi aniqlanib, prosessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari doirasida aniqlanishicha, mazkur dori vositalari va tibbiy niqoblar mahalliy fuqaro "B.F." ga tegishli bo‘lib, ularning umumiy qiymati 356 mln. so‘mdan ziyodni tashkil etadi.

Mo‘may daromad topish maqsadida "B.F." ushbu dori vositalari va tibbiy niqoblarni "o‘zbek-tojik" davlat chegarasining nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan qismi orqali Tojikiston Respublikasiga o‘tkazishni rejalashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!