Tezkor! Qozog‘iston Prezidentining matbuot kotibi koronavirusga chalindi

Tezkor! Qozog‘iston Prezidentining matbuot kotibi koronavirusga chalindi

Qozog‘iston Prezidentining matbuot kotibi Berik Qurmangali koronavirusga chalinganligini ma’lum qildi.

"Aziz do‘stlar! Afsuski, koronavirus bo‘yicha so‘nggi testim barcha choralarga qaramay, musbat natija berganini xabar qilishim kerak. Hozirda shifokorlar nazorati ostida kasalxonada yotibman. Ahvolim qoniqarli", - deb yozgan u «Facebook»da.

Uning ta’kidlashicha, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev belgilangan tartibda ishlashda davom etmoqda, uning sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmaydi, u doimiy ravishda tekshiruvdan o‘tadi.

"Men barchani karantin rejimiga qat’iy rioya qilishga va o‘z sog‘lig‘i hamda yaqinlari salomatligi uchun profilaktika choralarini ko‘rishga chaqiraman. Pandemiyani oddiy qabul qilmang. O‘zingizni ehtiyot qiling!" - deya qo‘shimcha qilgan Qurmangali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!