Texnikum bitiruvchilari kredit-modul asosida OTMning 2-kursiga qabul qilinadi

Texnikum bitiruvchilari kredit-modul asosida OTMning 2-kursiga qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil boshidagi qaroriga ko‘ra, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi kursdan qabul qilinshi belgilangan edi.

OTMga o‘qishga qabul qilishdagi yana bir o‘zgarishlardan biri – texnikumlarda ham 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimi joriy etilibdi.

Endi talabalar OTMlarga suhbat asosida ikkinchi kursdan o‘qishga kirishlari uchun belgilangan darajadagi kreditni yig‘ishi lozim. Texnikumda yetarlicha kreditni to‘plagan, faol bitiruvchilargina o‘qishni ikkinchi kursdan boshlash uchun suhbat bosqichiga o‘tishadi.

Ushbu yangi tartib 2023/2024 o‘quv yilida texnikumga qabul qilinganlarning o‘qishni tugatadigan yilidan boshlab, ya’ni 3 yildan so‘ng kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!