Termizda yuz bergan maktab o‘quvchisi ishtirokidagi jinoyat haqida rasmiy ma’lumot berildi

Termizda yuz bergan maktab o‘quvchisi ishtirokidagi jinoyat haqida rasmiy ma’lumot berildi

Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi 2019 yil 10 dekabr kuni Kun.uz  saytida “Termizda 11-sinf o‘quvchisi ishtirokida ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi” mavzusida yoritilgan maqolada keltirilgan holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Maqolada keltirilgan holatlar Termiz shahar IIB va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida 2019 yilning 5 dekabrdan 6 dekabrga o‘tar kechasi soat 1-30 da Termiz shahri “Bog‘zor” mahallasida joylashgan “Dare cite” kafesida, 1994 yil Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan K.R va 2001 yil Termiz shahirda tug‘ilgan F.Q lar o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqqan. O‘zaro tortishuv davomida Termiz shahrida tug‘ilgan F.Q yonida bo‘lgan pichoq bilan Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan K.R ning o‘ng qorin old devori sohasiga tan jarohati yetkazgan va voqeya joyidan qochmoqchi bo‘lgan vaqtda K.R ning yonida bo‘lgan o‘rtoqlari tomonidan F.Q ga urib tan jarohati yetkazilgan.
O‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida jabrlanuvchiga pichoq sanchgan shaxs 2001 yilda Termiz shahrida tug‘ilgan bo‘lib, Termiz shahridagi 10-sonli maktabning 11-sinfida o‘qib kelayotganligi hamda otasi bir necha yil oldin vafot etganligi, onasi ishlash uchun Turkiya davlatiga ketganligi sababli hozirda momosi bilan birga yashab kelayotganligi aniqlandi. Bundan tashqari ushbu maktab rahbariyati tomonidan o‘quvchining xatti-harakatlari bo‘yicha 3 marotaba proflaktika noziriga bildirishnomalar berilib, proflaktik nazoratga olinganligi ma’lum bo‘ldi. 
Yuqoridagi holat bo‘yicha maktab jamoasi hamda 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida muhokama qilinib, jinoyatchilkning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek Termiz shahar Tuproqqo‘rg‘on mahallasi proflaktika inspektori tomonidan o‘quvchining onasiga bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan xabar berildi. Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!