Tatariston delegasiyasi Termizga tashrif buyurdi

Tatariston delegasiyasi Termizga tashrif buyurdi

Bugun Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegasiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Delegasiyani Termiz xalqaro ayeroportida viloyat hokimining o‘rinbosarlari Sherzod Rajabov va Sherali Jo‘rayev kutib oldi.

Shundan so‘ng, mehmonlar Al Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishib, majmua bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida erkin iqtisodiy zona va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv hamda ikki tomonlama tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27 mart kuni Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan viloyatimizda bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!