Tana muzlashi qanday sodir bo‘ladi?

Tana muzlashi qanday sodir bo‘ladi?

— Shifokorlar sovuqni umumiy sovuq tufayli kelib chiqqan shikastlanish deb atashadi. Mexanizm oddiy. Atrof muhit harorati pasayganda tanamizdagi tashqi qon tomirlari keskin torayadi.

U terida va ostidagi qon aylanishini susaytiradi va ichki organlarning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan issiqlik chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.

❓Sovqotish nimadan boshlanadi? 

— Tananing sovqotadigan qismi -  burun, yonoq, quloqlarda igna teshganday hissiyot uyg‘onadi. 

💆🏻‍♀️Teri sezgirligi qisman yo‘qoladi, karaxtlashadi.

Tananing bir qismi oqarib, keyin qizarib ketishi mumkin.

Mushaklar, bo‘g‘inlar qattiqlashadi, harakatlanish sustlashadi. Ushbu ilk bosqich xatarli emas, agar uzoq davom etmasa. Bunday holda tezroq isinish harakatini qilish kerak. 

Sovqotishdan himoyalanish uchun ob-havoga qarab kiyinish kerak.

Kold-krem deb nomlangan himoya kosmetikasidan foydalaning. Bu krem tana ustki qismida yog‘ qatlamini hosil qiladi va sovqotishdan asraydi. 

Manba: "Sog‘lom hayot"
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!