Moskvada tirik pensionerning o‘limini qayd etishdi

Moskva prokuraturasi vafot etgan deb e’lon qilingan nafaqaxo‘rning o‘limi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda nazorat organining veb-saytida xabar berilgan.

O‘zbekistonda 100 yoshli pensionerlarga qancha qo‘shimcha to‘lov belgilangan?

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida yoshga doir eng kam pensiya oyiga 513 ming 350 so‘m qilib belgilangan.

Vafot etgan pensionerning olinmay qolgan pensiyasi to‘lab beriladi

Pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi.

Qaysi toifadagi pensionerlar yer solig‘idan ozod qilingan?

2020 yil 1 iyul holatiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 758,5 ming nafarni tashkil qilgan

Shavkat Mirziyoyevning farmoni: pensionerlarning 20 mlrd so‘mlik qarzlaridan voz kechiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 16,5 ming pensionerning ortiqcha hisoblangan pensiya bo‘yicha 20 mlrd so‘mlik qarzlaridan voz kechilmoqda.

Toshkentda pensioner ayol qasddan o‘ldirildi

2019 yil 30 mart kuni taxminan soat 14:00 da Toshkent shahar IIBB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni taxminan soat 13:55 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 3a-uy, 6-xonadon oshxonasidan ushbu manzilda yashagan O.K.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda pensiya yoshi o‘zgarishi mumkin

Nafaqa oluvchilarning yoshini belgilash, tegishli tartibda pensiya to‘lovini joriy etish bugun barchani qiziqtirayotgan masalaga aylandi. Pensiya jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, pensiya fuqarolarning umr kechirish yoshiga nisbatan belgilanishi manba sifatida olinadi. Ya’ni, umrguzaronlik erkaklar 71 yosh, ayollar 76 yoshgacha bo‘lsa, o‘rtacha 73 yil ekanligi qayd qilingan. Pensiya yoshi ayollar uchun 58, erkaklarga esa 63 yosh bo‘lishi mumkin.

Pensionerlar yaxshi hayot kechiradigan 16 mamlakat ma’lum bo‘ldi

Natixis Investment Managers va CoreData global pensiya ta’minoti mavjud eng yaxshi mamlakatlar reytingini e’lon qilindi. Bu haqda ForumDaily xabar berdi.

Toshkent tumanlaridan birida pensioner ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bir ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Ana xolos! Pensioner sud orqali "yosharmoqchi"

Niderlandiyalik pensioner Emil Ratelband sudga noodatiy iltimos bilan murojaat qildi: u pasportda yoshini o‘zgartirmoqchi. 69 yoshli qariya shu tariqa “Tinder” tanishuvlar dasturida “yoshroq bo‘lish”ni istamoqda.

Pensionerlar metrodan har kuni nega aynan soat 10:00 dan 16:00ga qadar bepul foydalanadi?

Pensionerlar Toshkent metropoliteni xizmatidan har kuni soat 10:00 dan 16:00ga qadar bepul foydalanadi. Imtiyoz uchun nega ushbu vaqt oraliqlari tanlangani haqida mutaxassis ma’lumot berdi.

Maktabda ishlovchi pensionerlarga 100 foiz pensiya to‘lanishi rejalashtirilmoqda

2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limi muassasalarida ishlovchi pensioner xodimlarga to‘liq miqdorda pensiya to‘lash taklif etilmoqda. Bu Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Prezidentning «Xalq ta’limi tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni loyihasiga kiritilgan, deb xabar bermoqda «Norma».