Pensionerlar metrodan har kuni nega aynan soat 10:00 dan 16:00ga qadar bepul foydalanadi?

Pensionerlar   metrodan har kuni nega aynan soat 10:00 dan 16:00ga qadar bepul foydalanadi?

Pensionerlar Toshkent metropoliteni xizmatidan har kuni soat 10:00 dan 16:00ga qadar bepul foydalanadi. Imtiyoz uchun nega ushbu vaqt oraliqlari tanlangani haqida mutaxassis ma’lumot berdi.

Mamlakatimizda keksalarning hayot darajasi va sifatini oshirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish, yoshi ulug‘ insonlarga davlat xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Ularga yaratilgan imkoniyatlar nuroniylarimizning yuzlarida, shukrona hissi yo‘g‘rilgan tabassumlarida ham seziladi. Zero, jamiyatimizda har bir fuqaroning o‘z o‘rni bor. 

– Bir narsani unutmasligimiz kerak, ushbu imtiyoz faqat qariyalar uchun emas, pensiya guvohnomasiga ega bo‘lgan mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun, – deydi «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi harakat xizmatining tijorat ishlari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Elmurod Valiyev. – Yaratilayotgan imtiyozdan nogironligi mavjud bo‘lgan kishilar va keksalarimiz foydalanib kelmoqda. Belgilangan vaqtga izoh beradigan bo‘lsak, avvalo, keksalarimizning eng ko‘p ko‘chaga chiqish hollari hisobga olingan. Yana bir tomoni metropolitenimizda 7 dan 9 gacha tirbandlik vaqti hisoblanadi. Bu paytda kimdir ishga, kimdir o‘qishga boradi, kechki payt esa qaytishadi. Mana shularni inobatga olgan holda pensionerlarimizni navbat kutib qolmasliklari uchun biroz odam kam bo‘ladigan 10:00dan 16:00 vaqtlari belgilangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 martdagi Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan. Bugungi kunda xizmatidan imtiyozli foydalanishining huquqiy asosi taminlangan. Unga muvofiq, metropoliten kassasi operatoriga pensiya guvohnomasi ko‘rsatilgandan keyin bir martalik maxsus jeton taqdim etiladi. Mazkur jeton bilan pensioner alohida ajratilgan turniketdan o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2017 yilning 15 martidan boshlab pensionerlar Toshkent metropoliteni xizmatidan har kuni soat 10:00dan 16:00ga qadar bepul foydalanib kelmoqda.

Manba: uza.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!