Vazirlar Mahkamasining «Bozorlar va savdo komplekslarini zamonaviy yondashuvlar asosida tartibga keltirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida Soliq qo‘mitasi tomonidan bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat va monitoring qilish uchun E-bozor elektron avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy qilish mo‘ljallanmoqda.
Bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishtiroki majburiy ekani bilan bog‘liq talabni bekor qilgan holda ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, davlat muassasasi va davlat ishtirokidagi korxonalarning bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarini) keyinchalik yaxlit paket sifatida ommaviy savdolar orqali sotish yoki samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazish rejalashtirilgan.
Quyidagilar tasdiqlanadi:
hududlarda joylashgan bozorlar va savdo komplekslarini zamonaviy yondashuvlar asosida tartibga keltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligida bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini o‘rganish va takliflarni tayyorlash bo‘yicha tuziladigan ishchi guruh namunaviy tarkibi;
hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida tashkil etiladigan yangi dehqon bozorlari, mavjud bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek ularning filiallari negizida tashkil etiladigan «eko-bozorlar» hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida tashkil etiladigan yirik savdo-ko‘ngilochar markazlari ro‘yxatlari;
dastlabki bosqichda ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) zamonaviy ko‘rinishga keltirish sharti bilan belgilangan tartibda sotiladigan 26 ta bozor va savdo komplekslari ro‘yxati.
Ishchi guruh tomonidan xatlov natijalariga ko‘ra, har bir bozorlar va savdo komplekslari kesimida ularning keyingi faoliyatini samarali tashkil etish, xususiylashtirish, shu jumladan xususiy sektorga o‘tkazish shartlari va mexanizmlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikka berish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish ko‘zda tutilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.
Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.
Англия Премьер-лигасининг 33-турида мусобақа пешқадами “Арсенал”дан 2:1 ҳисобида устун келган “Манчестер Сити” яна чемпионликка эришиш имконига эга бўлди.
Ushbu maqolada axborot texnologiyalari rivojlangan davrda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan narkotrafikning zamonaviy usullari va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — kiberfazoda anonimlikni saqlashga urinayotgan jinoiy guruhlarni aniqlashda qo‘llaniladigan raqamli kriminalistika (Digital Forensics) va ochiq manbalardan razvedka qilish (OSINT) metodlarini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, maqolada "zakladka" tizimi, kriptovalyuta orqali hisob-kitoblar va sun’iy intellekt yordamida shubhali botlarni filtrlash imkoniyatlari batafsil yoritilgan.
Қозоғистон пойтахти Остона шаҳрида Минтақавий экологик саммит — “RES 2026” ўз ишини бошлади (22–24 апрель). Ушбу форум давлатлар раҳбарлари, халқаро ташкилотлар, молиявий институтлар ва экспертлар ҳамжамиятини бирлаштириб, Марказий Осиёдаги экологик ҳамда иқлим муаммоларига ечим топиш учун энг йирик платформага айланди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистонга амалий ташрифи дастури доирасида 22 апрель куни Марказий Осиё мамлакатлари, Мўғулистон, Озарбайжон, Грузия ва Арманистон делегациялари раҳбарлари билан биргаликда Остона шаҳридаги “EXPO” халқаро кўргазмалар марказида ташкил этилган Минтақавий экологик саммит кўргазмасидаги миллий павильонларни бориб кўрди.
Исроил ташқи разведка хизмати — Моссад раҳбари Давид Барнеа Эронга қарши операциялар давомида хизмат ходимларидан бири Исроилдан ташқарида ҳалок бўлганини маълум қилди.
Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.
Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.