Surxondaryodagi kanalga "Damas" tushib ketdi

Surxondaryodagi kanalga "Damas" tushib ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, joriy yilning 20 iyul kuni soat 08:25 lar atrofida Jarqo‘rg‘on tumani "G‘ur-g‘ur" mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi "Amuzang" kanaliga fuqaro T.A.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashina haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat FVB g‘avvos-qutqaruvchilari voqea joyiga chiqishgan. Transport vositasi kanalning qaysi qismiga tushib ketganligiga aniqlik kiritilgan va samarali, tezkor harakatlar natijasida avtomashina suvdan olib chiqilgan. Amaliy yordam ko‘rsatish ishlariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2 ta maxsus texnika, 10 nafar qutqaruvchi jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!