Surxondaryodagi go‘zallik salonida ayollar janjali: 3 nafar qiz jarohat oldi

Surxondaryodagi go‘zallik salonida ayollar janjali:  3 nafar qiz jarohat oldi

Surxondaryo. 2020 yilning 09 noyabr kuni soat 11:00 da jamoat joyi hisoblangan Qiziriq markaziy dehqon bozori orqa tomonida joylashgan “Shadozi” nomli go‘zallik saloni binosida ushbu salonda ishlovchi 37 yoshli Zulfiya SH., 22 yoshli Parinoz N., 20 yoshli Sarvinoz A., 17 yoshli Soxiba T.,lar hamda ushbu go‘zallik saloni yonida joylashgan “Diana” go‘zallik saloni ishchisi 39 yoshli Matluba M. va uning qizi 18 yoshli Shaxzodabonu N., lar o‘zaro janjallashishlari oqibatida, 22 yoshli Parinoz N., 20 yoshli Sarvinoz A. va 17 yoshli Soxiba T., larga turli darajada tan jarohatlari olganliklari aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 22 yoshli Parinoz N., 20 yoshli Sarvinoz A. va 17 yoshli Soxiba T.,lar “engil” tan jarohati olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro Matluba M., va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!