Surxondaryoda mahalladoshlar janjali o‘lim bilan tugadi

Surxondaryoda mahalladoshlar janjali o‘lim bilan tugadi

2019 yil 30 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi 29 yoshli A.N. mast holda “Bog‘bonlar yurti” mahallasida o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi 31 yoshli F.SH.ning yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida F.SH. boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada F.SH. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 1 avgust kuni vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.N. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!