Surxondaryoda erkak o‘z qaynonasini do‘pposladi

Surxondaryoda erkak o‘z qaynonasini do‘pposladi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Turmushobod mahallasida 2021 yil 30 iyul kuni kuyovi tomonidan do‘pposlangan Ra’no Xolova" sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan, Sariosiyo tumani Ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Sariosiyo tumanida 2021 yil 30 iyul kuni soat taxminan 08:30 larda "Turmushobod" mahallasida yashovchi fuqaro X.Ra’no tuman hududidagi bozorda kuyovi X.Sayyodni nevarasi bilan gaplashib turganidan norozi bo‘lib, oldindan kelishmovchiligi sababli kuyoviga "...qo‘lingni ol boladan", - deb, gapirganda, kuyovi fuqaro X.Sayyod jahli chiqib, qaynonasi X.Ra’noni qo‘li bilan bosh sohasiga bir musht urib tan jarohati yetkazadi. Natijada X.Ra’no tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur xolat yuzasidan, Uzun tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!