Gruziya. Namoyishchilar parlamentga bostirib kirish harakatida

Gruziya. Namoyishchilar parlamentga bostirib kirish harakatida

Gruziya parlamenti tomonidan “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishiga qarshi chiqqan olomon qonunchilik binosi yaqinidagi panjarani buzishga urinmoqda. Bu haqda mahalliy OAV yozgan.

Namoyishchilar va polisiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan. Ichki ishlar vazirligi aksiya ishtirokchilarini qonun doirasidan chiqmaslik, noqonuniy harakat qilmaslikka chaqirib, har qanday qonunbuzarlik bo‘yicha tegishli chora ko‘rilishini eslatgan.

Xabarlarga ko‘ra, maxsus kuchlar allaqachon fuqarolarni hibsga ola boshlagan.

Kecha parlament bahsli qonunni uchinchi va yakuniy o‘qishda qabul qildi. 4 soat davom etgan yalpi majlisda 84 deputat yoqlagan hujjatga 30 kishi qarshi ovoz berdi.

Ushbu qonun bilan xorijdan moliyalashtirilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalariga maxsus reestrda ro‘yxatdan o‘tish va yillik deklarasiya to‘ldirish majburiyati yuklanadi. Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi tashabbusi bilan qabul qilingan loyiha mamlakatda ommaviy ko‘tarilishga sabab bo‘ldi. Prezident Salome Zurabishvili va muxolifat qonunga qarshi. Davlat rahbari, agar uch o‘qishda qabul qilinsa, xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasiga veto qo‘yishini ma’lum qilgan.

O‘tgan yil hujjatning birinchi tahriri muhokama qilingandayoq ommaviy norozilik kelib chiqqan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!