SANEG markaziy osiyoda savdo uchun metan chiqindilari dasturini ro‘yxatdan o‘tkazgan birinchi kompaniya bo‘ldi

SANEG markaziy osiyoda savdo uchun metan chiqindilari dasturini ro‘yxatdan o‘tkazgan birinchi kompaniya bo‘ldi

“Sanoat Energetika Guruhi” (Saneg) MCHJ QK Markaziy Osiyoda o‘zining ishlab chiqarish aktivlarida metan chiqindilarini kamaytirish loyihasini amalga oshirgan birinchi kompaniya bo‘lib, uni Germaniya atrof-muhit vazirligi tasarrufidagi Germaniya chiqindilar savdosi agentligi (DEHSt) ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Kompaniya shu kunlarda o‘zining infratuzilma ob’ektlarini texnik modernizasiya qilishning keng ko‘lamli dasturi birinchi bosqichini yakunladi. Bu esa metan chiqindilarining sezilarli darajada kamayishiga olib keldi.

Ish jarayoni VEMA SA (Shveysariya) va ICA-Finance AS (Norvegiya) bilan yaqin hamkorlikda chiqindilarni zamonaviy usulda aniqlash va bartaraf etish (LDAR) vositalaridan foydalangan holda qo‘shma dekarbonizasiya loyihasi doirasida amalga oshirildi. Ushbu tashkilotlar energetika tarmog‘ida metan va boshqa bug‘ gazlarini (BG) kamaytirishni qo‘llab-quvvatlaydilar.

Saneg asoschisi Baxtiyor Fazilovning ta’kidlashicha:

Loyiha yiliga 83 000 tonnadan ortiq CO2 ekvivalentida metan gazlarining havoga chiqishini sezilarli va ortga qaytmas darajada kamaytirishga yordam beradi, bu taxminan 20 000 ta avtomobilni foydalanishdan chiqarishga barobar. Bundan tashqari, loyiha Saneg chiqindilarini monitoring qilish samaradorligini oshiradi va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiradi. Biz juda katta natijalarga erishdik, ammo hali ham uzoq yo‘lning boshida ekanligimizni tushunamiz. Biz 2024 yil uchun yanada ulkan maqsadlarni qo‘ymoqdamiz”.

Janob Fazilovning so‘zlariga ko‘ra, “bu kompaniya tarixidagi juda muhim bosqichdir”.

Neft va gaz qazib olish ob’ektlarimizda LDAR sertifikati Sanegning ekologik mas’uliyat va texnologik taraqqiyotning eng yuqori standartlariga javob berishga nisbatan sodiqligini tasdiqlaydi, - deya ta’kidlab o‘tdi u. – Vema Carbon va ICA Finance bilan qo‘shma loyiha bizning barqaror rivojlanish va atrof-muhitga ta’sirimizni kamaytirishga bo‘lgan sodiqligimizni aks ettiradi”.

Loyiha Yevropaning yoqilg‘i sifati bo‘yicha direktivasi (FQD) tomonidan o‘rnatilgan Toza rivojlanish mexanizmi (CDM) metodologiyasi doirasida ishlab chiqilgan va uch hamkor tomonidan moliyalashtirilgan.

2024 yil oxiriga kelib, keyingi tashabbuslarni amalga oshirish natijasida Saneg issiqxona gazlari chiqishini yiliga taxminan 410 000 tonna CO2 miqdorida kamaytirishni mo‘ljallamoqda.

Saneg O‘zbekistondagi yirik xususiy neft va gaz ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lib, mamlakatdagi neft qazib olishning 80 foizlik va gaz qazib olishning 5 foizlik ulushiga ega.

VEMA S.A.ning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqishda 25 yildan ortiq tajribasi bor.

Ushbu esdalik sertifikati va haykalcha Saneg bilan yaqin hamkorlikni anglatadi hamda uning barqaror rivojlanishga sodiqligini namoyish etadi”, - deya ta’kidladi VEMA SA direktori Mixail Partikevich.

ICA-Finance AS milliy va nodavlat neft-gaz kompaniyalari kabi hamkorlar bilan uglerod birliklarining butun faoliyat davri davomida CDM va UER loyihalarini boshqarishda 20 yildan ortiq tajribaga ega.

Loyiha doirasida Qarshi, Muborak va Andijondagi kompaniya hududida 200 ga yaqin gaz chiqish holatlari aniqlangan ob’ektlar ta’mirdan chiqarildi. Gaz chiqish hajmlarini aniqlash va o‘lchash maqsadida shu jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlariga asoslangan zamonaviy tahliliy tizimlar qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!